1. Chet tilini a’lo darajada bilmasam kira olmayman. 

Chet elda o’qish uchun minimal ingliz tilini bilish darajasi atigi B2. Siz hatto ingliz tilini o’rta darajada bilib, stipendiya yutib olishingiz mumkin bo’ladi.

2. Chet elda o’qish judayam qimmat. 

Gretsiya, Chexiya, Germaniya kabi ba’zi mamlakatlarda davlat tilida o’qish hamma uchun bepul. Boshqa eng mashxur davlatlarda esa, studentlar hatto yarim stavkada ishlab, o’qish kontraktini va boshqa xarajatlarni bemalol qoplaydigan maosh olishadilar.  Shuningdek, deyarli har bir davlatda talabaning o‘qish va yashash xarajatlarini qoplaydigan yirik stipendiyalar mavjud.

3. Kirish juda qiyin. 

Chet elda o’qishga kirish jarayoni mahalliy universitetlarga qaraganda ancha oson. Ayniqsa bizning kompaniyamiz orqali to’pshirsangiz, universitetlar kirish uchun faqat ingliz tilini bilish va yaxshi baholarni talab qiladi.

4. Stipendiya va chegirmalarni olish imkoniyati yo’q. 

Universitetlar topshirilgan vaqti, tanlangan dastur va boshqa shartlarga qarab chegirmalar beradi. Shuning uchun chegirmalar va stipendiyalar olish ehtimoli har doim yuqori.

5. Faqat Amerikada yaxshi pul ishlashim mumkin. 

Misol uchun, Angliyada o’qish AQShga qaraganda ancha arzon. Shuningdek, Angliyada talabalarga 1-kursdan boshlab ishlashga ruxsat berilgan, Amerikada esa talabalar faqat 2-kursdan boshlab ishlashlari mumkin. Angliyada tahsil olayotgan talabalar 1-kursdan boshlab yashash va o’qish uchun haq to’laydilar.

6. O’qish vaqtida talabalar ishlasa ham o’zlarini taminlay olmaydi.

Talabalarga haftasiga 20 soat ishlashga ruxsat beriladi. Masalan, Angliyada o’rtacha maosh yiliga 22 ming funtgacha yetadi. Hatto yarim stavkada ishlasa ham, bunday maosh bilan siz turar joy va hatto o’qish kontraktini to’lashingiz mumkin bo’ladi

7. Men o’qishni tugatganimdan keyin, davlatda qolib, muvaffaqiyatli martaba qurish mumkin bo’lmaydi. 

O’qish davomida talabalar yetakchi kompaniyalarda maoshli amaliyot o‘tishga ega bo’lishadi. O’qishni tugatgandan so’ng, talabalarni 80% yaxshi kompaniyalardan taklifnoma olishadi. Bundan tashqari, talabalar o’qishni tugatgandan so’ng, 2 yil davomida mamlakatda qolish va ish topish uchun ruxsat oladilar.

8. Chet elga topshirish uchun 1-2 yil oldin tayyorlanish kerak.

Agar siz hujjatlarni qanday qilib to’g’ri tayyorlashni bilsangiz va universitetlarning qabul komissiyasi qanday ishlashini yaxshi tushunsangiz, qabul qilish uchun sizga ko’p vaqt kerak bo’lmaydi. Agar siz  vaqtingizni, kuchingizni va pulingizni behuda agar siz sarflashni xohlamasangiz mutaxassislarga murojaat qiling. Chunki bugungi kunda mutaxassislarni yordami bilan topshirish bu o‘qishga kirish va sifatli ta’lim olish kafolatidir.

Bizning mutaxassislarimiz tufayli talabalar 6 oy yoki undan ham kamroq vaqt ichida dunyoning eng yaxshi universitetlariga kirishadi.

banner-apply