Bizning kompaniya

Callan Consulting Group (CCG) xorijda tahsil olish uchun eng to’g’ri yo’l. Biz xalqaro universitetlarni topishda, ariza berish va qabul qilish jarayonlarini soddalashtiramiz.

Kompaniyamiz 2018 yilda tashkil etilgan. Kompaniyamiz Kanada, AQSh, buyuk Britaniya, Avstraliya va Italiyada ta’lim olish imkoniyatlarini taklif qiluvchi 180 ta ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilib keladi.

CCG O’zbekistondan xorijiy ta’lim muassasalariga studentlarni oqishga kiritish bo’yicha yordam beruvchi yirik kompaniya bo’lib, 700 dan ortiq talabalarga chet elda ta’lim olishlariga ko’maklashgan.

Bizning jamoamiz so’nggi besh yil ichida tez sur’atlar bilan o’sib bormoqda, bizda mamlakat bo’ylab 50 dan ortiq xodim ishlaydi. CCG bosh ofisi Toshkentning qoq markazida joylashgan bo’lib, Samarqand va Qo’qon kabi shaharlarda filiallarimiz bor. Biz butun Markaziy Osiyodagi yoshlarga ta’lim orzularini ro’yobga chiqarishda yordam beramiz.

about
shape
round-shape
ICEF Agency Status
Account Name:
Callan Education and Development Center
City:
Tashkent
Country:
Uzbekistan
URL:
www.callan.uz
Start Date:
01/06/2024
Renewal Date:
01/06/2025
Callan
education group

Maqsadimiz

CCG missiyasi yoshlarimizni chet elda ta’lim olishlarini qulay va oson qilish, ularning ta’lim va kasbiy orzularini ro’yobga chiqarishdir.

Biz mijozlarimizga eng yaxshi chet el ta’lim muassasalarida ta’lim olishlarida va ungacham bo’lgan harakatlarni har bir bosqichida ishonchli yordam ko’rsatishni maqsad qilganmiz.

Ustunliklarimiz

Kasbiylik: Biz professional etika va xizmat sifatining yuqori standartlariga amal qilamiz. Bizning jamoamiz mijozlarga eng yaxshi yechimlarni taqdim etishga tayyor bo’lgan tajribali mutaxassislardan iborat.

Mavjudlik: Ta’lim hamma uchun ochiq bo’lishi kerak deb hisoblaymiz. Biz to’siqlarni bartaraf etishga va moliyaviy ahvol yoki boshqa cheklovlardan qat’i nazar, chet elda o’qishning arzonligini ta’minlashga intilamiz.

Innovatsiya: O’zgaruvchan dunyo yangi yondashuvlarni talab qiladi. Biz doimo mijozlarimiz uchun ta’lim tajribasini yaxshilashning innovatsion usullarini qidiramiz.